Hamkorlik shartlari
Biz bilan hamkorlik qilish uchun katta xarajat qilib, do‘kon ochishingiz shart emas.
Shunchaki rasmxonangiz bo‘lsa kifoya.
Hamkorlikning asosiy sharti — biz bilan ishlashingizni mijozlar bilishi uchun
do‘koningiz tashqarisiga bizning bannerimizni joylashtirishingiz kerak.
Banner o‘lchami eng kamida
1 x 1.5 metr
bo‘lishi kerak.
Do‘kon ichida yonib turuvchi aylana logotipimiz bo‘lishi shart.
Aylana logotip diametri
80 sm dan 120 sm gacha
bo‘lishi kerak.
Biz hamkorlarimizning ishiga va savdosiga aralashmaymiz.
Bizning maqsadimiz sizning qo‘shimcha daromad topishingizga yordam berishdir.
Masalan:
Vinetka montaj,
albom montaj,
fotograflarga dastur o‘rnatib berish
va boshqa xizmatlar orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz.
Biz bilan hamkorlik qilish orqali
Vinetka24
nomidan foydalanib yanada ko‘proq daromadga ega bo‘lasiz.
Hamkorlik yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng
bizning rasmiy platformamizdagi
Hamkorlar
bo‘limida sizning do‘koningiz ham joylashtiriladi.
Hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan mijozlarimizga
vinetka va albom montaj dasturimiz
mutlaqo bepul o‘rnatib beriladi.
Hamkorlik eng kamida
1 yillik shartnoma
asosida tuziladi.
Asosiy talablarimiz:
do‘kon ozodaligi,
mijozlarga xushmuomalada bo‘lish,
mijozlarni aldamaslik.
Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda,
banner va logotipimiz bizga topshiriladi hamda
ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Hamkorlikning yillik to‘lovi
12.000.000 so‘m